“KELAJAK SOATI” — JAMIYATDA YASHASH QOIDALARI

“KELAJAK SOATI” — JAMIYATDA YASHASH QOIDALARI
📅 2026-yil 21-sentyabr kuni Termiz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘uloti “Jamiyatda yashash qoidalari: ijtimoiy odob va mas’uliyat” mavzusida tashkil etildi.
✨ Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga jamiyatda o‘zini tutish madaniyati, odob-axloq me’yorlariga rioya qilish, kattalarga hurmat, tengdoshlar bilan to‘g‘ri munosabat o‘rnatish hamda jamoat joylarida o‘zini munosib tutish kabi masalalar yuzasidan tushunchalar berildi.
🤝 Shuningdek, har bir insonning jamiyat oldidagi mas’uliyati, o‘z xatti-harakatlari uchun javobgarlikni his qilishi, o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini shakllantirishning ahamiyati haqida fikr almashildi.
🎯 “Kelajak soati” mashg‘ulotlari yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, ularda ijtimoiy faollik, mas’uliyat va fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
