Orqaga

“KELAJAK SOATI” DARSI NAMUNALI TARZDA TASHKIL ETILDI

“KELAJAK SOATI” DARSI NAMUNALI TARZDA TASHKIL ETILDI

Termiz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida o‘quvchi-yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, ularni zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashga undash maqsadida “Kelajak soati” darsi namunali tarzda tashkil etildi.

📝 Mavzu: “Inson kapitali nima va u nega muhim?”

💡 Dars davomida o‘quvchilarga inson kapitali tushunchasi, uning shaxs va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, bilim, ta’lim, kasbiy ko‘nikma, tajriba hamda salohiyatning inson hayotidagi ahamiyati haqida tushunchalar berildi.

👩‍⚕️ Kelajakdagi tibbiyot mutaxassislari sifatida o‘quvchilarning bilimli, malakali, mas’uliyatli va raqobatbardosh kadrlar bo‘lib yetishishi uchun ta’lim olishga bo‘lgan mas’uliyatini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

🌟 Bugungi bilim — ertangi imkoniyat, inson kapitali esa kelajak taraqqiyotining asosiy kuchidir!