navbatdagi ertalabki saflanish bo'lib o'tdi.

14-sentabr kuni Termiz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida navbatdagi ertalabki saflanish bo'lib o'tdi.
🎶 Saflanish O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi ijro etilishi bilan boshlandi.
📌 Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida:
odob-axloq qoidalariga rioya qilish;
texnikumning ichki tartib-intizomini saqlash;
darslarga o‘z vaqtida va kechikmasdan kelish;
mashg‘ulotlarda muntazam ishtirok etish;
ustoz va murabbiylarni hurmat qilish;
o‘zaro hurmat, hamjihatlik va sog‘lom muhitni mustahkamlash
yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.
🤝 Shuningdek, o‘quvchilarga texnikumning ichki tartib-qoidalariga qat’iy rioya qilish, ta’lim jarayonida faol ishtirok etish hamda o‘zlariga yuklatilgan vazifalarga mas’uliyat bilan yondashish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
