GIYOHVANDLIK - MILLAT KELAJAGIGA TAHDID!

GIYOHVANDLIK — MILLAT KELAJAGIGA TAHDID!
Termiz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida talaba-yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va narkojinoyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik-tushuntirish tadbiri o‘tkazildi.
👮♂️ Tadbir davomida yoshlar bilan giyohvandlikning inson salomatligi, oilaviy muhit va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uning og‘ir oqibatlari hamda narkojinoyatlarning oldini olish bo‘yicha atroflicha suhbat olib borildi.
📢 Suhbatda yoshlarni turli zararli illatlardan asrash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish va huquqiy bilimlarini oshirish muhimligi alohida ta’kidlandi.
💬 Talaba-yoshlarga giyohvandlikka olib keluvchi xavfli holatlardan ogoh bo‘lish, shubhali takliflarga aldanmaslik va o‘z kelajagiga mas’uliyat bilan yondashish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
💪 Biz sog‘lom avlod — sog‘lom jamiyat tarafdorimiz!
